Deputat saylovchilarning murojaatini hal qildi

25.04.2022, 15:25

Deputat saylovchilarning murojaatini hal qildi

O‘zLiDePdan saylangan Farg‘ona shahar Kengashi deputati Shaxnozaxon Siddiqova tomonidan har bir fuqaroning murojaati chetda qolmayotganligi o‘z saylovchilari tomonidan e’tirof etilmoqda.

Bu galgi murojaat ham deputat tomonidan tez fursatda hal etildi. “Simtepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi ko‘p qavatli uylar atrofida to‘plangan chiqindilar uyumi, noqonuniy yo‘llar bilan qurilgan kichik qurilishlar borasida kelib tushgan murojaat deputat tomonidan  o‘rganilib, bir kun muddatda tegishli tashkilotlar ko‘magida bartaraf etildi.

Hozirda chiqindi uyumlari o‘rni tekislanib, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlartirish ishlari olib borilmoqda.

  • Ko'rildi
    385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+