Ulug‘bek Matkarimovga yana ishonch bildirildi

12.03.2018, 19:26

Ulug‘bek Matkarimovga yana ishonch bildirildi

Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida davom etayotgan hisobot saylov yig‘ilishlarida quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada jonlantirish, quyi bo‘g‘inga siyosiy jihatdan yetuk rahbarlarni saylash masalalari muhokama etilib, BPTlarning o‘tgan yilgi faoliyatini sarhisob qilinmoqda.

“GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyati Xorazm viloyat filialida tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida ham ana shu masalalar muhokama etildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Sobir Jumaniyazov yig‘ilganlarni Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2018 yildagi ustuvor vazifalari bilan tanishtirdi.

– Korxonamizda boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzilganda uning a’zolari soni 152 nafar kishini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 857 nafarga yetdi, – deydi BPT raisi Ulug‘bek Matkarimov. – Albatta, o‘tgan davr mobaynida partiyaning viloyat va Xazorasp tuman Kengashi bilan hamkorlikda partiya maqsad va vazifalarini aholi, xususan, elektoratimiz vakillariga tushuntirishga qaratilgan turli uchrashuvlar, seminar-treninglar, sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda nafaqat ishchi-xodimlarimiz, balki tumanimizdagi tadbirkor va fermerlar ham ishtirok etdi. Bu esa a’zolarimiz safini yanada kengaytirishda muhim omil bo‘ldi.

Yig‘ilishda Ulug‘bek Matkarimov BPT raisligiga qayta saylandi, 7 nafar ishchi-xodim O’zLiDeP a’zoligiga qabul qilindi.

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1324
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+