“Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari O’zLiDeP safida

09.06.2022, 17:18

“Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari O’zLiDeP safida

Zamonaviy ayol obrazini yaratish uchun nima qilmoq kerakligini bilasizmi? Xotin-qizlarni jamiyatdagi faol a’zolarga aylantirish uchunchi? “Qizlar ovozi” klubi faoliyati ayni mana shu savollarga javob berish, respublikamizdagi xotin-qizlar manfaatini himoya qilish orqali ular bilan ishlash tizimini tubdan modernizatsiya qilish, ularning mavjud muammolarini tizimli bartaraf etish, umuman, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir qizlar safini kengaytirish orqali jamiyatda gender tenglikni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatini boshlagan.

Klubning Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi ham turli davra suhbatlari, tadbirlar, psixologik treninglar hamda loyihlar o‘tkazish orqali vohadagi xotin-qizlarni ruhlantirishga, ularning muammolariga yechim topib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etishga chorlamoqda.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi klub a’zolari bilan hamkorlikni yo‘l qo‘ydi. Klubdagi koordinatorlar, guruh sardorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, birgalikda harakat qilishga kelishib olindi.

Yaqinda partiyamizga xayrixoh bo‘lgan klub koordinatori Aziza Qosimova hamda tumandagi koordinator qizlar partiyamiz safiga qo‘shildilar. Viloyat Kengashida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda ularga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Shoxista Allamurodova,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni

va mavqiyeni oshirish bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    1220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+