“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Qo‘shrabot tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi
22.06.2022, 18:10
Bir necha yillar davomida o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi mamlakat iqtisodini yuksaltirish, mahalliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarni kashf etmoqda. O’tgan yillar davomida tanlovda ishtirok etib, tadbirkorlik ko‘nikmasini oshirgan yuzlab Samarqandlik xotin-qizlar taniqli tadbirkor va fermerlar safidan o‘rin olib ulgurishdi.
Ko‘rik-tanlovning navbatdagi bosqichi Qo‘shrabot tumanida bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv jarayonida tumandagi milliy hunarmandchilik, fermerlik va mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda jonbozlik ko‘rsatgan, aholini ish bilan ta’minlashda barchaga ibrat bo‘layotgan ilg‘or va tashabbuskor xotin-qizlar saralab olindi.
Ko‘rik-tanlovning Qo‘shrabot tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ismailova Dilafruz tadbirkorlikni izalondan gul yasashdan boshlagan. Ikki shogirdi bilan mahalladoshlariga gullar, sovg‘a uchun turli xil maxsulotlar tayyorlab berar edi. Keyinchalik kredit evaziga tikuv mashinalari sotib olib, sex tashkil qildi. Savdo-sotiqni ham rivojlantirib, olgan daromadini kattaroq loyihaga sarflash maqsadida tinimsiz izlandi.
Ayni paytda uning shogirdlari ko‘payib, 10 nafar yosh xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan.
Tanlovda shuningdek, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol”, “Eng yosh, faol tadbirkor ayol” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.
Marxabo Chuliyeva,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring