Konstitutsiyaviy qonun loyihasinining targ‘iboti quyi bo‘g‘inlarda ham o‘tkazilmoqda
06.07.2022, 16:43
O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shamsiya Saidova o‘z saylov okrugi hududidagi “Xalach” MFY aholisi hamda 10-son qishloq oilaviy poliklinikasi shifokor va hamshiralari ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasinining targ‘ibotiga bag‘ishlab davra suhbatlari o‘tkazdi.
Tadbirda amaldagi Konstitutsiya mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lganligi, hozirgi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda Bosh Qomusimizni jamiyatdagi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglanib, berilgan savollarga to‘laqonli javoblar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring