“Urganch yog‘-moy”dagi maslakdoshlarimiz 92 nafarga yetdi

15.03.2018, 19:37

“Urganch yog‘-moy”dagi maslakdoshlarimiz 92 nafarga yetdi

Urganch shahridagi “Urganch yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda quyi bo‘g‘in yetakchisi Guloy Bekmetova BPTning 2017 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berib, yig‘ilganlarni 2018 yildagi reja va dasturlari bilan tanishtirdi, galdagi vazifalar va partiya bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlar, loyihalar va uchrashuvlar yuzasidan axborot berdi.

–Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2007 yilda 8 nafar a’zo bilan tashkil etilgan edi, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi Guloy Bekmetova. – Ayni chog‘da ular soni 92 nafarga yetdi. Bugun partiyamiz rivoji joylarda faoliyat yuritayotgan tayanch bo‘g‘inlarning faolligiga bog‘liq ekan, biz korxonamizda aholining xohish-istaklarini inobatga olib, ular bilan bamaslahat ish yuritgan holda  mavjud muammolarga yechim topishga tayyormiz.

Yig‘ilishda “Urganch yog‘-moy” aksiyadorlik jamiyatidagi 13 nafar ishchi-xodim partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga partiya a’zolik guvohnomasi topshirildi.

 Umirbek EGAMOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

mas’ul xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+