“Men ham tadbirkor bo‘laman ” loyihasining Andijon viloyat bosqichi o‘tkazildi

28.07.2022, 15:46

“Men ham tadbirkor bo‘laman ” loyihasining Andijon viloyat bosqichi o‘tkazildi

O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Men ham tadbirkor bo‘laman ” loyihasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar va hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan yoshlarning biznes rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O’z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etgan yoshlarga tadbirkorlikning sir-asrorlari,  faoliyat boshlashdan oldin nimalarga e’tibor qaratish kerakligi hamda partiyaning dasturiy maqsadlari nimalardan iborat ekanligi alohida tushuntirildi.

Qizg‘in kechgan mazkur tadbirda  Andijon mashinasozlik instituti talabasi Muxtorov Saidislombek g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Tadbirkor bo‘laman, degan odam, avvalo, mehnatkash va tashabbuskor bo‘lishi kerak, – deydi loyiha g‘olibi Saidislombek Muxtorov. – Har bir ishni boshlashdan avval 7 o‘lchab bir kesishi zarur. Shundagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

  • Ko'rildi
    570
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+