Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
O’zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kasb-hunarga, tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish va intilishlarini yanada oshirish maqsadida mahalla yoshlari uchun “Yulduz” tikuvchilik sexiga sayohat tashkil qilindi.
Maqsad esa mahalla yoshlarini tadbirkorlikka kengroq jalb etish, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, shu orqali ularning bandligini ta’minlashdir.
Mazkur tikuvchilik korxonasi rahbari Yulduzxon Alimova o‘z faoliyatini boshlashda dastaval 2015 yili hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lib, shundan keyin shu yili “Qishloq qurilish bank” tuman filialidan 17 million 500 ming so‘m miqdorida 4 foizdan imtiyozli kredit olib o‘z ishini boshlagan. Hozirgi kunda mahalladagi ishsiz 5 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan. Korxonasini yanada kengaytirish maqsadida joriy yili ham “Xalq banki” dan 33 million so‘m miqdorida 8 foizli imtiyozli kredit oldik, –deydi korxona rahbari Yulduzxon Alimova. Tikuvchilik korxonamizda asosan turli xil bejirim ko‘ylaklar va maktab formalari tikiladi.
Sayohat davomida korxona rahbari Yulduzxon Alimova o‘z faoliyati haqida to‘xtalib, tadbirkorlikni boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha o‘zining hayotiy tajribasidan kelib chiqib yoshlarga motivatsiya berdi.
Bundan tashqari sayohat davomida mazkur korxonadagi ishchi qizlarning 5 nafari partiyaga xayrixohligini bildirishdi va partiyaning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xizmat ko‘rsatish salmog‘i ortmoqda
17.01.2024, 16:31
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
Fikringizni qoldiring