Deputatlar tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

12.08.2022, 16:00

Deputatlar tashabbusi bilan mahalla xotin-qizlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati O.Babaxanov va G’.Babaxanovlar hamda Namangan shahri “Madaniy” mahallasi yoshlar yetakchisi N.Islamovlar hamkorligida 14-30 yoshdagi xotin-qizlar o‘rtasida Zakovat turniri tashkil etildi.

Musobaqada Madaniy mahallasining I.Majnunov, Adolat, Zarbdor, Taxtako‘prik, Uychi va Sumalak ko‘chalaridan 5 ta jamoadan iborat bo‘lgan xotin-qizlar o‘zaro bellashdilar.

Tadbirda bu kabi intellektual o‘yinlarni aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ib qilish, ushbu o‘yinlarni ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish hamda milliy intellektual o‘yinlarni shakllantirish va ularni mahalla kesimida ommalashtirish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u berildi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘olib jamoalar va faol ishtirokchilarga Yoshlar ishlari agentligi Namangan shahar bo‘limi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘nggida xotin-qizlarning talab va istaklariga ko‘ra bu kabi intellektual o‘yinlar har oy o‘tkaziladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    1117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+