Yoshlar istiqlolimiz va istiqbolimiz tayanchlaridir

22.08.2022, 17:20

Yoshlar istiqlolimiz va istiqbolimiz tayanchlaridir

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va Biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Kasbi tumanidagi Talliyulg‘un mahalla fuqarolar yig‘inida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!”  shiori ostida Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 

Unda so‘z olgan Kasbi tuman kengashi raisi Nasrullo Xudoyberdiyev, Qarshi Davlat universiteti dotsenti Tohir Qurbonov, 30-maktab murabbiyi Akrom Qurbonovlar ozod yurtimizda yoshlarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligi va turmush farovonligini oshirish, bilim va hunar egallashlari uchun ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar tufayli yosh sportchilarning jahon arenalarida yuksak natijalarni qayd etib, mamlakat bayrog‘ini baland ko‘tarib, O’zbekistonimiz dovrug‘ini butun dunyoga tarannum etayotganliklari haqida so‘zlashdi.

Tadbir so‘ngida sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh sportchilarga partiya viloyat kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shahzod ORIPOV,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Yoshlar va Biznes tuzilmalar

bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+