Nukuslik mahalla yoshlari uchun tadbirkorlik sub’ektiga biznes tur tashkil qilindi
22.08.2022, 17:21
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” bo‘limi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlab bugungi kunda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Nukus shahridagi “Muratbek mebel” MChJ ga yoshlar uchun sayohat tashkil qilindi.
2009 yili tashkil qilingan “Muratbek mebel” korxonasi 13 yildan buyon ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Korxonada kesish, tayyorlash va qayta ishlash, yig‘ish, yumshoq mebellar sexi, temir ustoxonasi, buyoq va yig‘ish sexlarida jami 50 dan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. Ishchilarning mehnat va texnika xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zurur sharoitlar yaratilgan.
Bugun ichki bozorda “Muratbek mebel” korxonasi mahsulotlari o‘z haridoriga ega. Korxona rahbari Muratbek Tanirbergenov yoshlarga o‘z faoliyatini boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, biznes loyiha, kredit olish va bozorni o‘rganish bo‘yicha yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqib, maslahat va tavsiyalar berdi.
Sayohat davomida yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, xoridorbopligi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot davomida yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring