Namanganlik bo‘lajak shifokorlar partiya safiga qo‘shildi

08.09.2022, 16:59

Namanganlik bo‘lajak shifokorlar partiya safiga qo‘shildi

“O’zLiDeP - Yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi” mavzusida Chortoq tuman Tibbiyot tuxnikumida yoshlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida tuman Kengashi raisi hamda deputati Ikromjon Xolmirzayev, Yoshlar va biznes tuzilmali bo‘limi mudiri Dilnoza Xolmatova, “Fujoze teks” MChJ rahbari Johongir Abduraimov va Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri Dilshodbek Rayimqulovlar bir guruh talaba yoshlar bilan erkin muloqot olib bordi.

Muloqot davomida dastlab yoshlarga partiyaning oldida turgan ustuvor vazifalari hamda ustav va dasturining mazmun-mohiyati to‘g‘risida, “Yoshlar qanoti” ning o‘ndan ortiq loyihalari haqida ham keng ma’noda tushunchalar berildi.

Shuningdek, yosh muaffaqiyatli tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibi Johongir Abduraimov yoshlarga erishgan yutuqlari va tadbirkorlik faoliyati haqida so‘zlab berdi, shu o‘rinda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Davra suhbati yakunida partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari safiga qo‘shilganlarga patiyaning a’zolik guvohnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+