Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlab berilmoqda

12.09.2022, 16:24

Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaning uy-joyi ta’mirlab berilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Azat Matmuratov ham har qanday masalada xalq bilan birga bo‘lib, saylovchilar ishonchini oqlashga, elektorat vakillariga yelkadosh bo‘lishga intilyapti.

Har doim saylovchilar ishonchini oqlashga harakat qiladigan deputat bu safar yana bir savob ishga qo‘l urdi.

Yaqinda partiyamiz vakiliga Taxiatosh tumani "Nurlы keleshek"  mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan fuqaro Xaytgul Yakupova sog‘ligi va moddiy sharoiti yo‘qligi bois o‘zi yashab turgan uyini qayta ta’mirlab berishda amaliy yordam so‘rab murojaat etgandi.

Deputat o‘zi rahbarlik qiladigan Obodonlashtirish boshqarmasi tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ishga kirishib ketdi. Hozirgi kunda  fuqaroning uyini ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Har doim qiyin vaziyatda o‘z yordamini ayamaydigan tuman hokimiyatiga va O'zLiDeP tuman kengashi deputati Azat Matmuratovga bo‘lgan ishonchim va minnatdorchiligim cheksiz, - deydi "Nurlы keleshek" mahalla fuqarolar yig‘ini  turg‘uni  Xaytgul Yakupova.

Haqiqatdan ham har bir murojaat ortida inson tag‘diri turganligini unutmasligimiz kerak. Zero,  inson manfaatlari  hamma narsadan ustundir.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    224
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+