Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi

15.09.2022, 12:32

Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarii, partiya vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihalari muhokama qilindi. Mazkur qonun loiyhalari 2022-2026-yillarga muljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 8-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Tadbir ishtirokchilari qonun loyihalariga o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, takliflarini berishdi va galdagi aniq vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+