O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi

23.09.2022, 17:01

O'zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi 56- va 57-maqsadlar ijrosini ta’minlash, shuningdek,  xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va targ‘ib qilish maqsadida “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida “Hamshiralik ishi” bo‘yicha o‘quv- kurslari talabalari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” hamda “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat hududiy bo‘limida faoliyat yuritayotgan quyi bo‘g‘in hamkorligida tashkil qilindi.

Tadbir davomida partiya “Ayollar qanoti” faoli Subhiya Mavlyanova bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish, ularga muolajalarni qay tartibda  amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    366
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+