Deputat sa’y-harakati bilan Uzunqishloqda yangi yo‘l qurishga kirishildi

28.09.2022, 16:26

Deputat sa’y-harakati bilan Uzunqishloqda yangi yo‘l qurishga kirishildi

Ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida izchil davom etayotgan yangilishlar jarayoniga partiyadoshlarimiz, ayniqsa, deputatlarimiz munosib hissa qo‘shishga harakat qilishmoqda.

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashidagi O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi Alisher Ahmedovni Shirin qishloq fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholi jonkuyar, fidoiy inson sifatida yaxshi bilishadi. Maslakdosh deputatimiz partiyaviy vositalar bilan mahalla hududidagi bir qancha muammolarni bartaraf etib, ko‘pchilikning hurmatini qozongan deputatlarimizdan biri.

Ayni kunlarda deputat tashabbusi bilan Uzunqishloq hududida 1 kilometrlik beton yo‘l qurilishi qizg‘in boshlab yuborildi. Odamlar og‘irini yengil qiladigan, qolaversa qishloq ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib tushadigan mazkur yo‘l atrofida bir qator bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Primqul Nurmatov,

O‘zLiDeP  Zomin tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    246
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+