Mahallada hokim yordamchisi sifatida ish boshlagan deputat aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda

04.10.2022, 10:59

Mahallada hokim yordamchisi sifatida ish boshlagan deputat aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda

Jizzax viloyatidagi mavjud 302 ta mahalladagi 264 nafar hokim yordamchilari partiyamiz faollari hisoblanadi. Ular orasida mahalliy Kengashlardagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham talaygina. Ayni paytda hokim yordamchilari “mahallabay” ishlash tizimini keyingi bocqichga olib chiqish, mahallaning o‘zida turib, barcha masalalarni hal qilish choralarini ko‘rish borasida samarali ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Akmal Ahmedov tumandagi Qatortol MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. Mazkur mahalladagi mavjud 430 ta xonadonda 3400 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.  40 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga, 15 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

O’tgan vaqt davomida hokim yordamchisi mahalla faollari, yoshlar yetakchisi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda  aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ularning bandligini ta’minlash, shu asnoda  doimiy daromad manbalarini shakllantirish maqsadida asalarichilik, chorvachilik, tikuvchilikni rivojlantirish, issiqxonalar tashkil qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.

Misol uchun, mahallada istiqomat qiluvchi Ma’mur Uzoqov, Yorqin Botirov, Zohid Daminov kabi fuqarolarning chorvachilik bilan shug‘ullanishlari, Begimqul Raimovning asalarichilikni rivojlantirishi uchun imtiyozli kreditlar olib berildi. Oybek Murodov  xonadoniga 5 ta tikuv mashinkasi keltirilib, u yerda tikuv sexi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sahob Haitov esa mahallaga keltirilgan jo‘ja ochishga mo‘ljallangan inkubator faoliyatini o‘z nazoratiga oldi. Natijada nafaqat aholi bandligini ta’minlash, balki mahalla ahliga parrandachilikni rivojlantirish uchun bepul jo‘ja tarqatish imkoniyati yuzaga keldi.

Amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlar aholini bandligini ta’minlashga, ularning oilalari farovonligini oshirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    417
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+