O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” bilan yoshlar yetakchilari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan

04.10.2022, 12:03

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” bilan yoshlar yetakchilari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi “Mahallabay ishlash tizimida yoshlar yetakchilarining o‘rni va roli”  mavzusida davra suxbati tashkil etdi.

Unda Namangan shahri mahallalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. O’zLiDeP viloyat Kengashi mas’ul xodimi Komiljon Fayziyev hamda shahar Kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba G’apparovalar mamlakatimizda mahallabay, xonadonbay ishlash tizimi yaratilgani, joriy yil boshidan har bir mahallada hokim yordamchisi, yoshlar, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha yetakchi lavozimlari joriy etilgani va bundan ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarga e’tibor qaratdilar. Xususan, yoshlar yetakchilari mahalladiga yoshlarni tadbirokrlikkka jalb etish, ish bilan band qilish, o‘qitish, sport to‘garaklari faoliyatini tashkil qilish kabi yo‘nalishlardagi vazifalar haqida so‘z yuritdilar.

So‘ngra Amur Temur mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Jahongir Rashidov va boshqalar o‘z hududlarida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tgan to‘qqiz oy yakuni bo‘yicha erishilgan natijalar, ayrim muammolar haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati asnosida yetakchilarga yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularning islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish va bevosita ishtirokchisi bo‘lishlariga erishish, yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan unumli foydalanish, tadbirkorlikka jalb etish, sport tugaraklariga, musobaqalarga keng jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, ularga partiyaning maqsad va vazifalari, yoshlarga oid loyihalari haqida ham ma’lumotlar berildi.

Shu joyning o‘zida besh nafar yoshlar yetakchilari o‘z arizalariga muvofiq partiya safiga qabul qilindilar va ularga guvohnomalar topshirildi.

  • Ko'rildi
    419
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+