Sho‘rchida “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi” klubi tashkil etildi

05.10.2022, 17:14

Sho‘rchida “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi” klubi tashkil etildi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” partiyaning Sho‘rchi tumani Kengashi bilan hamkorlikda mazkur hududda faoliyat yuritayotgan “Maftuna-Sho‘rchi-Dizayn” MChJ korxonasida tadbir o‘tkazdi. Unda asosiy masala “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi” klubini tashkil etishga qaratildi.

Korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlarga yurtimizda ayollar tadbirkorligiga keng yo‘l ochilgani va bu borada qanday huquqiy hujjatlar va bilim zarurligi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, shu kunlarda xotin-qizlarga imtiyozli kredit va lizinglar ajratish orqali kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi ta’kidlandi. Yangi tashkil etilayotgan klub bu borada ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib borishi, uyda o‘tirgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatishi aytib o‘tildi.

Tadbirda partiya safiga kirish istagini bildirgan 25 nafar xotin-qizga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Xuddi shunday tadbir hududdagi “Bunyodkor” mahallasida joylashgan 14-mumumta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ham faol ayollar bilan “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi” klubi tashkil etildi. Klubga M.Xolmatova, B.Ergasheva, Z.Mahmudova, D.Ashurova,  D.Normo‘minova, D.Xo‘jamqulova, B.Bekkamova va M.Imomova kabi partiyamiz faollari a’zo bo‘lishdi.  Tadbirda Sho‘rchi tumani “Oqila ayollar” klubi rahbari Jamila Usmonova yurtimizda xotin-qizlarimizga yaratib berilayotgan sharoitlardan biz ayollar oqilona foydalanib yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerakligini aytib o‘tdi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    382
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+