2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

07.10.2022, 09:58

2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Meliboyev Jamoliddin Abdisalimovich tomonidan joriy yilning avgust oyida Bektemir tumanidagi umumta’lim maktablarini 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilib va tavsiyalar berilgan edi.

Kuni kecha deputat tomonidan Bektemir tumanidagi 346-348-sonli umumta’lim maktablarida olib borilgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 348-sonli umumta’lim maktabining ichki hududida joylashgan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan tashqi xojatxona, binoning ichki qismida joylashgan sport zali va binoning ichki qismida joylashgan oshxona ta’mir talab ahvoldaligi, o‘quvchilar uchun stol, stullarning yetarli emasligi va maktab binosida joylashgan 3 ta o‘quv sinf xonalarining pol qismi talabga javob bermasligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi.

Ushbu maktablar 2023 yilda to‘liq taьmirlanishi bo‘yicha ko‘rilgan choralar o‘rganilib, buning ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilandi.

  • Ko'rildi
    682
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+