Taxiatoshlik xotin-qizlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi
08.11.2022, 14:37
Aholi turmush sharoitini yaxshilash, doimiy va qo‘shimcha daromad manbaiga ega qilish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hududlarda «Bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida aniq manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada "2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da ham aniq vazifalar belgilab berilgan.
O’zLiDeP Taxiatosh tuman Kengashi tomonidan tumandagi "Jayxun” mahallasidagi ishsiz ayollarni jalb qilgan holda “Tomorqa - daromad manbai!” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari G.Bekbergenova, partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari Z.Saparova va tadbirkor X.Xaitovlar ishsiz ayollarga tomorqadan samarali foydalanish, kichik issiqxonalar tashkil qilish va yaxshi daromadga ega bo‘lish bo‘yicha tushunchalar berildi.
- "Jayxun" mahallasidagi mazkur issiqxona 2017 yili tashkil qilingan edi, - deydi taxiyatoshlik tadbirkor Xayotxon Xaitov. Issiqxonamizda asosan bodring yetishtiriladi. 25 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan. Mahsulotlar qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga eksport qilinmoqda.
Taxiyatoshlik tadbirkorning kelgusi rejalari katta bo‘lib, "Bolalar diagnostika markazi" va "Milliy taomlar" umumiy ovqatlanish maskanini tashkil qilish, 30 nafargacha ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlashni niyat qilgan.
Seminar davomida tadbirkor o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda mahalla xotin-qizlariga issiqxonadan foydalanishning sir-asrorlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring