Mahalladagi xotin-qizlar faollari O’zLiDeP safiga qo‘shilmoqda

11.11.2022, 16:37

Mahalladagi xotin-qizlar faollari O’zLiDeP safiga qo‘shilmoqda

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini  oshirish, jamiyatda ayollarning o‘rni va mavqeini yuksaltirish, bandligini ta’minlash O’zLiDePning dasturiy g‘oya va maqsadlariga to‘la mos keladi.

Buxoro tuman hokimligida MFYlardagi xotin-qizlar faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda O’zLiDeP viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri R. Zagretdinov hamda tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Safoyevalar tomonidan ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb qilish maqsadida hududda olib borilayotgan ishlar va bu borada belgilangan imtiyozlar xususida batafsil fikr yuritildi.

Tadbir yakunida MFYlarda xotin-qizlar faoli lavozimida faoliyat olib borayotgan ayollar O’zLiDeP safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    366
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+