O’quvchi qizlarga erta turmushning salbiy oqibatlari tushuntirildi

15.11.2022, 15:52

O’quvchi qizlarga erta turmushning salbiy oqibatlari tushuntirildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyida partiyaning “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida “Qizlar o‘rtasida erta turmushni oldini olish va erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Umida Marupova, O’zLiDeP Yoshlik talabalar shaharchasi Kengashi raisining Ayollar masalalari buyicha o‘rinbosari Shaxnoza Yunusova, Toshkent shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasi bosh shifokori o‘rinbosari Yulduz Raxmonova, akusher ginekolog Dilobar Tursunova, Psixolog Xusnora Usmanova hamda tibbiyot akademiyasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘icha direktor o‘rinbosari Nigora Xakimova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida mavzuga doir videorolik namoyishi ham taqdim etildi. O’quvchi yoshlarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.

  • Ko'rildi
    300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+