“Yosh liberallar” klubi Shahboz Muhammadiyevga sport maydonchasi qurish uchun yer maydoni ajratilishida ko‘maklashdi

26.03.2018, 17:59

“Yosh liberallar” klubi Shahboz Muhammadiyevga sport maydonchasi qurish uchun yer maydoni ajratilishida ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati, tuman va shahar Kengashlari qoshida tashkil etilgan “Yosh liberallar” klublari samarali faoliyat yuritmoqda. E’tiborlisi, ushbu klublarga shahar va tumanlardagi eng faol, tashabbuskor va yetakchi yoshlar jalb qilingan.

Ayniqsa, “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” va “Kelajak deputatlari” guruhlari a’zolari yoshlar o‘rtasida uchrayotgan muammolarni aniqlab, ularga partiyaviy vositalar orqali yechim topishda faollik ko‘rsatayotir. Xususan, O‘zLiDeP Kitob tuman Kengashi qoshidagi “Kelajak deputatlari” klubiga ish so‘rab murojaat qilgan Muzaffar Ergashev tuman Davlat xizmatlari markaziga, Shahlo Hafizova esa tumandagi “Toza hudud” obodonlashtirish markaziga ishga joylashtirildi.

Zarafshon MFY Yangiobod qishlog‘ida yashovchi Shahboz Muhammadiyev “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” guruhiga mahalla hududida sport maydonchasi qurishi uchun yer maydoni ajratish bo‘yicha qilgan murojaati  guruh a’zolari tomonidan o‘rganib chiqilib, uni tuman Kengashiga ma’lum qildi. Natijada tuman Kengashi tavsiyasi bilan Sh.Muhammadiyev tanlov savdosida ishtirok etdi va yer maydoni olishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, mazkur guruh Surum qishlog‘ida yashovchi Sobir Do‘stov va Xalqlar Do‘stligi MFYda yashovchi Islom Baxromovlarni hunarmandchilik faoliyatini boshlashlari uchun partiyaviy vositalar orqali hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lishiga ko‘maklashdi.

–Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va bu orqali bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarni ish bilan ta’minlash partiyamiz, qolaversa, “Yoshlar qanoti” faoliyatining asosiy vazifalaridan biri sanaladi, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Azizbek Norov – Bugun mazkur dolzarb masalalar  “Yosh tadbirkorlar muammolarini o‘rganish” va “Kelajak deputatlari” guruhlari faoliyatining kun tartibidan o‘rin olgani muhim ahamiyatga ega. Jumladan, yaqinda Ilyos Qudratov ish so‘rab murojaat qilgan edi. Guruh a’zolari tomonidan uning murojaati o‘rganilib, Yoshlar ittifoqi Qamashi tumani Kengashi tavsiyasi bilan tumandagi 67-sonli maktabda boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimida ishga joylashtirildi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1518
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+