Eng birinchi a’zolardanman

17.11.2022, 11:36

Eng birinchi a’zolardanman

Partiya tashkil topishining ilk kunlaridanoq safda bo‘lganim bois o‘tayotgan yillar shiddatida kecha va bugunni yorqinroq sarhisob eta olaman hamda mamnun bo‘laman. To‘g‘ri, bu marraga yetib kelish mashaqqatli kechdi.

 Ayni vaqtda qay go‘shaga, qay maskanga bormaylik, aholi murojaatlari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Xalq dardi bilan yashashni, inson manfaatlari himoyasiga bel bog‘lashni o‘rgatdi partiya aslida. Bugun aholi xoh kommunal, ijtimoiy bo‘lsin, xoh iqtisodiy va hatto oilaviy muammolari yechimini ham partiyaga, uning deputatlariga ishonayotganiga faoliyatimiz davomida guvohi bo‘lyapmiz. Partiya eng chekka manzillarga ham kirib borayotgani bor gap.

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi zamon bilan hamnafas bo‘lish, ishbilarmonlik muhitining yangi yo‘nalishlarida jonbozlik ko‘rsatish, ayni kunga qadar erishilayotgan yutuq va kamchiliklarni sarhisob qilishga intilmoqda. Yetakchi siyosiy kuch sifatida viloyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayotida mustahkam o‘rin egalladi. Andijonda bozor infratuzilmasini shakllantirish, ishbilarmonlarga qulay muhit yaratish, ularning og‘riqli nuqtalariga malham bo‘lish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish singari dolzarb va ezgu ishlarni olib bormoqda. Loyihalar asosida kengash bo‘limlari samarali faoliyat yuritib, salohiyatli, keng dunyoqarashga, chuqur bilimga ega kadrlarni ham kashf etmoqdaki, ular bugun mutasaddi tashkilotlarda siyosiy nufuzini oshirish yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilmoqdalar. Aholi muammolarini hal etish mashaqqatli vazifa. Bu yo‘nalishda deputatlar bilan yelkama-elka mehnat qilyapmiz. Xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi 167 nafar, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi 6 nafar kuyunchak deputatlarimiz ko‘magi bilan aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topyapmiz.

Xurshidaxon XALILOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi raisi,

 Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati

  • Ko'rildi
    263
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+