Xalq qalbiga yo‘l topish osonmas

17.11.2022, 11:40

Xalq qalbiga yo‘l topish osonmas

O’ylab ko‘rsam, so‘nggi 19 yil davomida hayotim partiyaviy faoliyatim bilan uzviy bog‘liq holda kechibdi. Saylovchilar ishonch bildirib va ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan bir necha marta mahalliy kengashlarga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlikka saylandim.

Balandparvoz gaplar, shiorlarga asoslangan g‘oyalarni xalqimiz hech qachon qo‘llab-quvvatlamagan va qo‘llab-quvvatlamaydi ham. Xalqning ishonchini qozonishni istagan siyosiy kuch, avvalambor, ko‘pchilikning qalbidan o‘rin olgan, unga dildan yaqin bo‘lgan g‘oyani ilgari surishi, aholini uzoq kelajakda emas, balki shu bugungi hayotini yaxshilash, ertangi kuniga ishonch bilan qarashiga qaratilgan dasturlarini ilgari surishi lozim bo‘ladi.

Shu ma’noda olib ko‘rilganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tgan so‘nggi saylovlarda partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod tomonidan ilgari surilgan “Har bir insonning qadri bor” shiori barcha yurtdoshlarimizni to‘lqinlantirib yubordi. Odamlar shu yurtda qadrli ekanliklarini, Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar avvalambor, ular uchun, ularning farzandlari uchun munosib turmush sharoitlari yaratib berish, orzu istaklarini amalga oshirishga qaratilganiga ishonishdi.

Bu esa Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga joriy etishda O‘zLiDePga alohida mas’uliyat yuklamoqda. O’ylaymanki, mamlakatimizdagi yetakchi siyosiy kuch sifatida partiyamiz, maslakdoshlarimiz bu mas’uliyat yukini his qilgan holda, zimmalaridagi vazifani sharaf bilan uddalashyapti.

Nodira KARIMOVA,

 Xalq deputatlari Jizzax

viloyat kengashi deputati

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+