Deputat mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

17.11.2022, 15:37

Deputat mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi

Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Halimjon Safarov va O‘zLiDeP Buxoro shahar Kengashi vakillari “Chorbaxossa” MFYda o‘rganishlar olib bordi.

O’rganish chog‘ida deputat H. Safarov tomonidan mahallalardagi ichki yo‘llar, aholining ichimlik suvi, elektr energisi va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash borasidagi loyihalarning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi borasida ba’zi kamchiliklar aniqlandi. Shuningdek, "Chorbaxossa" MFY hududida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sport maydonchasiga zarurat borligi, hududda umumta’lim maktabining yo‘qligi, bu esa aholining haqli e’tiroziga sabab bo‘layotganligi ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan aholi muammolari o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlar mutasaddilari e’tiboriga  deputatlik so‘rovlari chiqarilib, ularning ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.

Buxoro viloyatida O‘zLiDePning faol deputati H.Safarovning saylovchilar ishonchini oqlash maqsadida amalga oshirayotgan bunday amaliy ishlari davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    194
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+