Yangi Mehnat kodeksi bilan xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlanadi

17.11.2022, 15:43

Yangi Mehnat kodeksi bilan xotin-qizlarning huquq va manfaatlari to‘liq ta’minlanadi

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tashabbusi bilan mahallardagi faol xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Namangan shahar xokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilorom Abduraximova, shahar bandlikka ko‘maklashish markazi direktori M.Qosimov, shahar pensiya bo‘limi mutaxassislari, partiyaning Namangan shahar Kengashi apparat raxbari, deputat Soxiba Gapparova, partiya  viloyat Kengashi ayollar qanoti bo‘limi mudiri Xusnida Iminjanovalar Yangi tahrirdagi mehnat kodeksiga kiritilgan ayrim yangi moddalar, xususan, xotin-qizlar mehnati bilan bog‘lik o‘zgarishlar, o‘zini-o‘zi band qilish, tadbirkorlik, kasanachilik, hunarmandchilikni yulga kuyishdagi  yangiliklar  aqida atroflicha tushuncha berdilar.

Davra suhbati ishtirokchilarining savollariga mutasaddi tashkilot vakillari javob berishdi.

Suhbat yakunida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi targ‘ibotini mahallalarda izchil davom ettirishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    308
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+