Korxonaning ishchi xotin-qizlari partiya a’zoligiga qabul qilindi

17.11.2022, 15:53

Korxonaning ishchi xotin-qizlari partiya a’zoligiga qabul qilindi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” va partiyaning Sergeli tuman Kengashi hamkorligida Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash shu bilan birga, xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish, bandligini ta’minlash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish maqsadida “HAYAL-STYLE” MChJda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, hozirda korxonada 200 nafardan ortiq ishchi o‘rinlari yaratilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar asosan Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Yevropa bozorlariga ekport qilinadi. Kelgusida tadbirkor faoliyatini kengaytirib, ishsiz ayolllarni ish bilan ta’minlashni maqsad qilgan.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlar, xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, ularni bandligini ta’minlash,  qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Xususan, partiyaning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida turli mahorat darslari olib borilyapti va bu bilan tadbirkorlarlikni boshlamoqchi bo‘lgan ayollarga katta bir yo‘nalish va ko‘mak bo‘lmoqda.

Targ‘ibot natijasida mazkur korxonada yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilib, ishchi-xodimlarning 10 nafari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+