Qishloq xo‘jaligi rivojiga katta xissa qo‘shayotgan olima ayollar
15.12.2022, 11:45
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Xotin-qizlar Kengashi va Olima uyushmasi, O’zbekiston xotin- qizlar “OLIMA” uyushmasi, O’zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmalari o‘zaro hamkorligida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan "Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori" loyihasi doirasida tanlov o‘tkazildi.
Unda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti olima ayollari, partiya faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar bugun yurtimizda qishloq xo‘jaligi, xotin-qizlarning mamlakat ilmiy hayotidagi, jamiyat va davlat boshqaruvida tutgan o‘rni va mavqeini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini e’tirof etishdi. Olima ayollarning ilmiy izlanishlari yo‘lidagi sun’iy to‘siqlarni olib tashlash, moddiy, ma’naviy qo‘llab-quvvatlanayotgani ularni yanada ruhlantirayotganini qayd etdi.
Tanlovning asosiy qismida odil hakamlar Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan “OLTIN KUZ” medali ko‘rik-tanlovida ishtirok etayotgan olima ayollarning so‘nggi uch yil davomida olib borgan loyihalari ilmiy natijalarini yaqindan xolisona o‘rganib chiqishdi.
Aytish kerakki, tanlovda respublika oliy o‘quv yurtlari, Fanlar Akademiyasi ilmiy tekshirish institutlari hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida samarali mehnat qilayotgan olima ayollar orasidan ilg‘or, tashabbuskor, ijodkor, fidoiy, innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan tadqiqotchi xotin-qizlar orasidan eng munosiblari saralandi.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan olimalar “OLTIN KUZ” medali, partiya va tashkilotchilarning faxriy yorliq, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Zuxro Mirzohamdamova,
O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring