O'zLiDeP faollari tadbirkorlar muammolarini o‘rganmoqdalar

07.01.2023, 14:46

O'zLiDeP  faollari tadbirkorlar muammolarini o‘rganmoqdalar

O`zLiDeP  Jizzax viloyati Kengashi Yoshlar va Biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi xodimlari, mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari, Yoshlar yetakchisi hamda  deputatlardan iborat ishchi guruh a’zolari joylarda tadbirkorlar muammolarini o‘rganib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rmoqdalar.

Sharof Rashidov tumani “Yangi Hayot” mahallasida faoliyat olib borayotgan yosh tadbirkor Oybek Davlatov o‘z xonadonida mebel ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda bu yerda 5 kishi domiy ish bilan ta’minlangan.

Yosh tadbirkor o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, yangi dastgohlar sotib olish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari olishda yordam so‘rab, partiya viloyat Kengashi Yoshlar va Biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limiga murojdaat qilgan edi.

Ishchi guruh a’zolari tadbirkor xonadonida bo‘lib, uning faoliyati, kelgusi rejalari bilan yaqindan tanishdilar.

Ayni paytda tadbirkor murojaatida ko‘tarilgan masalalarni partiyaviy vositalar bilan hal etish yuzasidan chora-tadbir amalga oshirilmoqda.

Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

“Yoshlar qanoti” guruhi rahbari

    

  • Ko'rildi
    293
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+