“Oltin vodiy”dagi quyi bo‘g‘in yetakchisiga yana ishonch bildirildi

28.03.2018, 15:46

“Oltin vodiy”dagi  quyi bo‘g‘in yetakchisiga yana ishonch bildirildi

O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi huzurida faoliyat yuritayotgan “Oltin vodiy” boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘inning 2017 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2018 yildagi ish rejasi tasdiqlab olindi.

–Partiyaning jamiyatdagi nufuzini oshirish uchun quyi bo‘g‘in yetakchisi siyosiy jihatdan yetuk bo‘lishlari kerak, – deydi O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi apparat rahbari N.Otamurodova. – Shu bois ayni chog‘da joylarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida BPT raisligiga elektoratimiz manfaatlarini himoya qilishga qodir, tayanch bo‘g‘in safiga yangi a’zolarni jalb qila oladigan faol va tashabbuskor yetakchilarni saylashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Qolaversa, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash, deputatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham e’tiborimizdan chetda emas.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchisi Mavjuda Nizomova BPT raisligiga qayta saylandi.

Mohidil XUDAYBERDIYEVA,

O‘zLiDeP Zarafshon shahar

bo‘limi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+