Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi

01.02.2023, 18:53

Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida  hal etildi

O`zLiDePning dasturiy maqsad-vazifalaridan biri – mahalliy tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilishida  ko‘maklashishdan iboratdir.

Romitanlik partiya faollari bu borada o‘z vakolatlari doirasida faoliyat olib bormoqdalar.

Romitan tuman “Zarafshon” MFYda yashovchi yosh tadbirkor Tolmas Xo‘jayevning chorvachilikni rivojlantirish maqsadida tuman tijorat banklaridan imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilgani yo‘q.

Partiya tuman Kengashi apparati rahbari Nasriddin Vohidov ko‘magida Tolmas Xo‘jayevning qilgan murojaati ijobiy hal etilib, unga Agrobankning tuman bo‘limidan 50 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Bu hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda O`zLiDeP faollarining ham salmoqli hissasi qo‘shilayotganidan dalolatdir.

  • Ko'rildi
    411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+