Iqtidorli yoshlar partiya safiga jalb qilinyapti

06.02.2023, 17:16

Iqtidorli yoshlar partiya safiga jalb qilinyapti

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand chet tillar instituti talaba yoshlari uchun “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda  so‘z olgan O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jahongir Xujamkulov mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Samarqand davlat chet tillar instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Otabek G’aybullayev  yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustivor yo‘nalishlaridan biri ekanligi, har bir sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar ana shu g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.  Talaba-yoshlarni Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yonib yashashga va berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chorlab qoldi. Joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham o‘z fikr mulohazalarini bayon etib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan javoblar berildi. Siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 10 nafar yoshlar partiya kadrlar zahirasiga olindi va a’zolikka qabul qilindi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+