Solijon Mo‘minov tashabbusi bilan Kosonsoy magistral ko‘prigi ta’mirlandi

31.03.2018, 15:45

Solijon Mo‘minov tashabbusi bilan Kosonsoy magistral ko‘prigi ta’mirlandi

Oliy  Majlis Senati a’zosi Solijon Mo‘minov Namangan tuman  Honobod, Mullakuding, Kichik Toshbuloq, Chog‘ir va Sho‘rqo‘rg‘on  MFY hududi axolisi bilan uchrashdi.

Namangan tumani iqtisodiy rivojlanish jihatidan viloyatda yetakchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda tumanda 170.000 aholi yashaydi. E’tiborlisi, tuman ahlining ko‘pchiligi o‘z tomorqasidan unumli foydalanib, jamiyat farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Muloqot davomida ichimlik suvi nasos yordamida olib chiqilishi aholiga qiyinchilik tug‘dirib, ayrim hududlarda yerni sug‘orish masalasi bo‘yicha muammolar borligi aniqlandi. Bu masala yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvlar chog‘ida shuningdek, hududdagi mavjud yo‘llar holati ham o‘rganildi.

– Tumanimiz yo‘llari 156 km bo‘lib, bu yo‘llarni ta’mirlash uchun 25 ming tonna asfalt sarflanadi, – deydi senator Solijon Mo‘minov. –Yil boshidan beri 600 tonnadan ortiq asfalt yo‘llarni ta’mirlash ishlariga sarf qilingan bo‘lsada, tumanda joylashgan Kosonsoy magistral ko‘prigi ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlash kerak, uchrashuvlar davomida yo‘l masalasi bo‘yicha qator muammolar o‘rganilib, Kosonsoy magistral ko‘prigi Solijon Mo‘minov yordami bilan ta’mirlab berildi.

 Rustamjon HAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+