Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
O‘zLiDePning joylardagi faollari partiyaning XI s’ezdiga delegatlarni saylash masalalarini qizg‘in muhokama etmoqda.
Partiya Surxondaryo viloyati partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasida ham shu masala ko‘rildi. Notiqlar e’tirof etganidek, yurtimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti natijada O’zbekistonda tadbirkorlar soni qariyb 2 millionga yetdi. Ushbu sub’ektlarda band bo‘lganlar soni bir necha barobarga oshdi. Xususan, Surxondaryo viloyatida ham ishlab chiqarish, sanoat korxonalari soni ko‘payib, tadbirkorlar safi kengaydi.
O’z navbatida tadbirkorlar va ishbirmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugun yurtimizda olib borilayotgan bu kabi xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekani qayd etildi.
Konferensiya so‘ngida partiyaning XI s’ezdida qatnashish uchun Surxondaryo viloyatidan delegatlar saylandi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati
kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring