Sayyor qabulda “Mukamal fayz sifat” korxonasi rahbari S.Turg‘unbayev kredit so‘radi

03.04.2018, 19:43

Sayyor qabulda “Mukamal fayz sifat” korxonasi rahbari S.Turg‘unbayev kredit so‘radi

O‘zLiDeP  Namangan viloyat Kengashi tomonidan Chust tumanidagi Axcha qishlog‘ida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda hudud aholisi qishloqni tuman markazi xamda Pop tumani bilan bog‘lovchi ko‘priklar ta’mirtalab holatda ekani, qishloq aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagani va tomorqalarni sug‘orishda ayrim muammolar mavjudligidan shikoyat qildi. Shuningdek, qishloq ahli hududda oilaviy poliklinika hamda dorixona qurish, hududdagi 18-sonli umumta’lim maktabiga malakali pedagoglarni jalb etish hamda kutubxonani badiiy asarlar bilan ta’minlashda yordam so‘radi.

 “Mukamal fayz sifat” korxonasi rahbari S.Turg‘unbayev Chust tumanida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududidagi 5 gektar yer maydonida avtomobillarga shina ishlab chiqarish zavodini barpo etayotgani, ushbu zavodga Xitoy Xalq Respublikasidan uskunalar olib kelishini aytib, bankdan kredit olishda muammoga duch kelayotganini bildirdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan muammo va takliflarni hal etish choralari ko‘rildi, vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli deputatlik so‘rovlari yuborilishi ta’minlandi.

Muzaffar TUXTASINOV,

O‘zLiDeP  Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1205
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+