“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

26.09.2023, 16:56

“Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida mahorat darsi tashkil etildi

O'zLiDePning “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi xotin-qizlarning yangi bilimlarini o‘zlashtirishi va ularning intellektual salohiyatini oshirish, ilmiy ishlarga yanada keng jalb qilish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, ularni mamlakat iqtisodiyotiga joriy etish sohasida faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan .

Mazkur loyiha doirasida navbatdagi mahorat darsi -  partiya Zafarobod tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari tashabbusi bilan "Chelebi Textil" MChJda tashkil etildi.

Ayollar va erkaklar kiyimlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mazkur korxona ish boshlaganiga bir yildan oshdi. Hozirda bu yerda 190 nafar qishloq ayollari doimiy  ish bilan ta’minlangan.

Tadbirda O'zLiDeP Zafarobod tuman Kengashi apparat rahbari Sardor Abirqulov, partiya tuman Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohida Mavlonova, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida sohaga innavatsion texnologiyalarni jalb qilish, qishloq joylarda xotin-qizlarning tashabbuskorligini oshirish borasida so‘z yuritildi. Kelgusida o‘z biznes loyihasini amalga oshirish ishtiyoqida bo‘lgan xotin-qizlarni partiyaviy vositalar bilan har tomonlama qo‘llab – quvvatlanishi ta’kidlab o‘tildi.

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot markazi

  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+