Xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

28.09.2023, 12:15

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha soha mas’ullarining hisobotlari eshitildi.

Unda Samarqand shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullarining axboroti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, shu yilning 9 oyi davomida 9995 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 1562 nafar ayollarga 23 mlrd 964 mln 232 ming so‘m mablag‘ ajratildi, 1331 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga va hayotga ruhlantirish (motivatsiya berish) bo‘yicha o‘qitildi. Ehtiyojmand oilalardagi 421 nafar ariza taqdim etib, 186 nafar qizlar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli 4 foizli kvota asosida tavfsiyanoma berildi.

“Ayollar daftari”ga 14816 nafar xotin-qizlar kiritilgan. Hozirgi kunga qadar 14 721 nafariga (99,3 foiz) amaliy yordam berilgan bo‘lib, 4182 nafar (99,1 foiz) amaliy yordam ko‘rsatilib, sentabr oyi holatiga 4145 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.

Bundan tashqari kasb-hunarga o‘qitish hamda o‘z-o‘zini band qilish orqali bandligi ta’minlandi. 72 nafar xotin-qizlarga 137 mln so‘m mablag‘ asbob uskuna uchun ajratildi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qilingan mazkur ishlarni ijobiy baholagan holda, hali qilinishi kerak bo‘lgan muammolar borligini ham aytib o‘tishdi. Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Fazliddin G’aybullayev,

O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+