Tajribali tadbirkor ayol Mamlakat Sodiqova talaba-yoshlarni faolllikka chorladi
04.10.2023, 14:23
Ayni kunlarda viloyatimiz oliy o‘quv yurtlarida talaba - yoshlarning mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O`zLiDeP Buxoro shahar Kengashi hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida ushbu oliy ta’lim muassasasida o‘tkazildi.
Unda partiya faollari, mahalliy Kengash deputatlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba- yoshlari ishtirok etdi.
Talaba yoshlar so‘z olgan O`zLiDeP Buxoro shahar Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tajribali tadbirkor ayol M.Sodiqova o‘z tanlagan sohasida dastlabki paytlarda duch kelgan qiyinchiliklari, mavjud muammolar va ularning yechimini izlab topish borasida say’- harakatlarga zoye ketmagani, bugungi kunda kelib barcha intilish va aniq maqsadlari o‘z kutilgan amaliy natijasini berayotganini tilga olib o‘tdi. Biror - bir muvaffaqiyatga mashaqqatli mehnat bilim yoki boy tajribasiz erishib bo‘lmaydi, - deya ta’kidladi M.Sodiqova
Institut talaba – yoshlariga M.Sodiqova bugungi kunda Buxoro shahridagi "Zamin fruits trade", "Zamin Madad tayyorlov savdo", "Zamin shu’lasi" MChJlariga yetakchilik qilayotgani, shu bilan birga u Oliy Majlis Senati huzuridagi huzuridagi “Tadbirkor ayollar” klubi rahbari sifatida ham izchil faoliyat yuritayotgani ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida “O’zbekiston- 2030” strategiyasi hamda ushbu muhim hujjatda o‘z ifodasini topgan 5 ta yo‘nalish va 100 ta maqsad bo‘yicha ham tegishli ma’lumotlar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring