Deputat yoshlarning taklif va fikrlarini tingladi

04.10.2023, 14:49

Deputat yoshlarning taklif va fikrlarini tingladi

Prezidentimiz Farmoniga asosan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi va joriy o‘quv yilidan bu muassasa o‘z faoliyatini boshladi. O’zLiDeP Namangan viloyat va shahar  Kengashi hamkorligida ushbu oliygohda deputat va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Uni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zokirjon Erkinov ochib berdi. U kirish so‘zida mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, Namangan viloyatida keyingi ikki yilning ichida tashkil etilgan oliygohlar, jumladan, Namangan to‘qimachilik sanoati institutida faoliyat boshlagan bo‘lim va yo‘nalishlarda qaysi ixtisosoliklar bo‘yicha  mutaxassislar tayyorlanishi xususida  ma’lumot berdi. 

Partiya Namangan shahar Kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba G’apparova bugungni uchrashuvdan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘xtaldi. “O’zbekiston - 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va unda belgilangan yuzta maqsadning yoshlarga taalluqli bo‘lgan qismlari haqida gapirdi. Strategiyaning “Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan maqsadlar, jumladan, ta’lim tizimini isloh  qilish, yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish, qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar-joylarini qurish, kutubxonalarni kamida 1 millionta zamonaviy adabiyotlar bilan to‘ldirish va ular fondini to‘liq raqamlashtirish, 10 ta oliy ta’lim muassasasini “Top-1000” oliy reytingiga kiritishga erishish kabilarni ta’kidlagan holda talabalarni bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, ilmiy tadqiot ishlarini olib borishda ishtirok etishga   chaqirdi.

“ADOMAX” oilaviy korxonasi boshlig‘i Dildora Olimova yoshlarga bilim olish, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun ham katta imkoniyatlar, imtiyozlar yaratilgani, O’zLiDeP ning ham shu maqsadga qaratilgan qator loyihalari borligini  ta’kidladi.

Muloqotda talabalar vakillari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va ularning olti nafari partiya safiga a’zo bo‘lib, uning maqsad va g‘yaolarini keng targ‘ib etishga, “O’zbekiston -2030” strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etishga so‘z berdilar.

  • Ko'rildi
    109
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+