Samarqandda «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida muloqot tashkil qilindi

23.10.2023, 12:07

Samarqandda «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida muloqot tashkil qilindi

O’zLiDeP Yoshlar qanoti tashabbusi bilan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talaba-yoshlar ishtirokida tashkil qilingan tadbirda partiyaning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratildi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov tomonidan Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllantirilishi, yoshlarda qonunchilik tashabbusi ruhi shakllanishiga alohida ahamiyat berildi.

Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talaba yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

  • Ko'rildi
    67
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+