Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi

27.11.2023, 18:00

Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi

O’zLiDeP Toshkent viloyati kengashi “Ayollar qanoti” “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etdilar.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Sevara Muslimova boshchiligida tashkilot hovlisidagi ajratilgan yerda yaxshi niyatlar bilan archa va boshqa mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, “O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i” barpo etildi.

Partiyaning “O‘zLiDeP ayollari – Yangi O’zbekiston bunyodkori!” loyihasi doirasida o‘tgan tadbir o‘zaro qizg‘in ochiq muloqotga ulanib ketdi. Unda so‘z olganlar bugun mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat va davlat hayotidagi mavqeini yanada oshirish borasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida to‘xtaldi. Partiya ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalasini o‘z oldidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rishini qayd etdi. Bugungi kunda partiyaning “Bunyodkor ayollar”, “Farovon oila”, “Sog‘lom oila – mustahkam oila”, “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” kabi qator loyihalarining samarali amalga oshirilishi ortidan yurtimizdagi ko‘plab opa-singillarimiz o‘z salomatligini tiklab, kasb-hunar o‘rganib, ishga joylashib, o‘z oilasining moddiy farovonligini oshirishga ham xissa qo‘shishayotgani bag‘oyat quvonchli hol ekanini ta’kidladi.

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+