O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan “Ijodkor” mahallasida 2.5 km gaz quvurlari o‘tkazildi

12.04.2018, 20:33

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan  “Ijodkor” mahallasida 2.5 km gaz quvurlari o‘tkazildi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan deputat  Manzura Dadayevani har doim saylovchilar orasida uchratish mumkin. Xalq dardi va tashvishlari bilan yashash deputatimizning kundalik turmush tarziga aylangan. Maqolamizda deputatimiz tashabbusi bilan amalga oshirilgan yana bir xayr ish xususida so‘z yuritamiz.

Boyovut tumanidagi “Ijodkor” mahallasida yashovchi fuqarolar anchadan beri gaz quvurlari ta’mirlashni so‘rab o‘nlab idoralar eshigida “sarg‘aydi”. Oxiri bu masala yuzasidan M. Dadayevaga murojaat qilishdi. Deputatimiz mazkur masala yuzasidan Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasiga deputatlik so‘rovi bilan murojaat etdi.

Deputat so‘rovi natijasida yangi gaz quvurlarini o‘rnatish ishlari ertasi kuniyoq boshlab yuborildi va 2.5 km uzunlikda gaz quvuri tortildi. Gaz quvurining 1.1 kilometri ustunlarga o‘rnatilib, qolgan 1.4 kilometri yerga ustunlarsiz o‘rnatildi. Qurilish ishlari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Davron KARIMQULOV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1559
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Sarvarjon Primqulov2018-04-20 16:08:13

Yurt, Xalq dardi bilan yashash, tashvishlarni bahamjihatlikda bartaraf etish kabi ishlar tahsinga loyiq qoil!!!


Fikringizni qoldiring

+