BPT va deputatlar hamkorligi yaxshi natija bermoqda

22.02.2024, 09:25

BPT va deputatlar hamkorligi yaxshi natija bermoqda

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan hududiy boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlariga start berildi.

Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Gulobod” MFYda bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur BPT tomonidan o‘tgan yil davomida xayrli amaliy ishlarga bosh-qosh bo‘lgani alohida qayd etildi. Xususan, quyi bo‘g‘in tomonidan partiya elektorati vakillari bo‘lmish tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni qiynayotgan ayrim muammolarga yechim topish, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlar o‘rtasida biznes va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, siyosiy kuch faoliyatini yanada kengroq targ‘ib etish kabi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Bu borada O‘zLiDeP Shayxontohur tuman kengashi faollari va deputatlar hamkorligi yaxshi natija berayotganligi ham uqtirib o‘tildi. Xullas, ushbu BPTning o‘tgan yilgi faoliyati ijobiy baholanib, quyi bo‘g‘in raisi va o‘rinbosari saylandi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xizmati

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    62
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+