Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi

24.02.2024, 12:22

Gulchi opa mahalla xotin-qizlariga o‘z tajribasini ommalashtirdi

Izboskan tumani Botirobod mahallasida “Namunali tamorqachi ayol - farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida ishsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi tashkil qilindi.

Tadbirda partiya tuman Kengashi apparat rahbari, “Ayollar qanoti ” guruhi yetakchisi  Z.Xaydarova, Botirobod mahallasi xotin-qizlar faoli Umidaxon Qambarova, oilaviy korxona egasi Nasibaxon Mamadaliyeva hamda  mahalladagi ishsiz xotin-qizlar qatnashdilar.

Unda Z.Xaydarova partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, “Ayollar qanoti” loyihalari, shaxsiy tomorqa yerlaridan unumli foydalanish haqida gapirib o‘tdi.  Oilaviy korxona rahbari  Nasibaxon Mamadaliyeva 26 yildan beri o‘z tomorqasida gulchilik  bilan shug‘ullanib keladi. U o‘simliklar olami va gullarga mehr qo‘yganligi bois, yilning to‘rt faslida ham gullar parvarishi hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Tadbirkor ayol xonadonida gullarning o‘sib-ko‘payib, chiroy ochishini,  o‘zgalarga zavq-shavq berishini istaydi. Shu bois, o‘z shaxsiy tomorqasining har bir qarich yeridan  unumli foydalanib, issiqxona qurib, gulxonaga aylantirgan. 

Oilaviy tadbirkor Nasibaxon opa xonadonida o‘tkazilgan mahorat darsida Izboskan tumanida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar ishtirok etib, gul o‘stirish sir-asrorlarini o‘rgandilar.

-  Gulchilik, bu g‘oyat nozik, alohida mehr va e’tibor talab etadigan ish. Har bir gulga  o‘zgacha parvarish va qarov zarur. Buning sirini bilmasangiz, u o‘smaydi. O’zim uyda bo‘lmagan chog‘imda ham gullarim haqida o‘ylab, qayg‘uraman. Mana, 6 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanaman. Bu ham bir hunar. Men bu soha bo‘yicha butun qishloqdoshlarimga gul ulashib, hunarimni o‘rgatib kelaman.  Issiqxonada gul yetishtirish bilan shug‘ullanib, yiliga 40 mln so‘mdan ziyod foyda olayapman, - dedi tadbirkor ayol Nasibaxon opa.

Mahorat darsida mahalladagi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash, ularni gulchilik faoliyatiga yo‘naltirishga e’tibor qaratildi. Tadbir ishtirokchilari gulchilik yo‘nalishi bo‘yicha barcha bilimlarni oldilar.

  • Ko'rildi
    61
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+