BPT deputatga ko‘makchi

06.03.2024, 12:47

BPT deputatga ko‘makchi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda hududiy partiya tashkilotlari tarkibidagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida, muhim siyosiy jarayon – hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

5169 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 65 ta BPT faoliyat olib borayotgan O'zLiDeP Nurota tuman Kengashida ham bu siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Diqqatga sazovor tomoni, aksariyat hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tayotgani bilan alohida ajralib turibdi. Quyi bo‘g‘in faollari nafaqat yetakchilar hisobotiga, balki 2024 yil ish–rejasiga ham jiddiy yondashmoqdalar. O’rinli taklif va mulohazalar bildiriloqda.

Nurota tuman "Yangihayot" MFY hududida tashkil etilgan va H.Jumanov yetakchilik qilayotgan quyi bo‘g‘inda bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishi ham aynan tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgani bilan ajralib turdi. Yig‘ilishda partiya tuman Kengashi xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari hamda elektorat vakillari ham ishtirok etishdi.

Mazkur BPT 38 nafar a’zolarni o‘z safiga birlashtirgan. Hisobot davrida pardiyadoshlarimiz barcha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘zlari istiqomat qiladigan hududda  aholini qiynayotgan bir qator muammolarga yechim topishda deputatlarga yaqindan ko‘makdosh bo‘ldilar. BPT yetakchisi o‘z hisobotida bu misollarga batafsil to‘xtalib o‘tdi. Misol uchun, maslakdoshlarimiz tomonidan hududda istiqomat qiluvchi 12 ta kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishda va shu bilan birga 20 nafar yoshlarning tumandagi ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlarga biriktirish orqali ularning bandiligini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Yil davomida aholi tomonidan qilingan 51 murojaatning 43 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolganlari nazoratga olingan.

Nurotaliklik partiyadoshlarimiz o‘z yetakchilarining hisobotini qoniqarli deb topdilar va uni yana qayta BPT raisligiga sayladilar. Yig‘ilish davomida faol faol BPT a’zolari partiya tuman Kengashining estalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

A.Uzoqov,

O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash

mutbuot kotibi

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    37
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+