BPTning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati ijobiy baholandi

13.03.2024, 21:55

BPTning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati ijobiy baholandi

O‘zLiDeP Buxoro shahar Kengashi tarkibida o‘z atrofiga 14856 nafar partiya aʼzolarini birlashtirgan 98 ta BPT bo‘lib, ayni kunlarda ularda hisobot-saylov yig‘ilishlari qizg‘in davom etmoqda.

Diqqatga sazovor tomoni shundaki, aksariyat yig‘ilishlar tanqidiy ruhda o‘takazilib, o‘tgan davr mobaynida BPT faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinmoqda. Yig‘ilishlarda quyi bo‘g‘in faollari nafaqat yetakchilar hisobotiga, balki 2024 yil ish–rejasiga ham jiddiy yondashib, o‘zlarining o‘rinli taklif va tavsiyalarni bildirmoqdalar.

Ana shunday yig‘ilishlardan biri viloyat markazidagi “Sovg‘a ustozodai zardo‘zon” oilaviy korxonasi huzuridagi BPTda tashkil etildi. Yig‘ilishda partiya shahar Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Ruslan Zagretdinov ishtirok etdi.

Mohir hunarmand Baxshullo Jumayev rahbarligidagi mazkur BPT o‘z atrofiga 10 ga yaqin O‘zLiDeP aʼzolarini birlashtirgan bo‘lib, hisobot davrida ular barcha ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etdilar. Buxoro hunarmandlarini qiynab kelayotgan bir qator muammolarga yechim topishda deputatlarga yaqin ko‘makchi bo‘ldilar.

Korxonada keyingi paytda kustoz-shogird anʼanasi asosida ish olib borilib, hududdagi ishsiz yoshlar hamda ayollarga zardo‘zlikning sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. Bugungi kunda mohir zardo‘zlarning ko‘plab iqtidorli shogirdlari mustaqil ravishda faoliyat olib bormoqdalar. BPT aʼzolari tomonidan tayyorlangan turli xil zardo‘zlik buyumlari qator xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazmalarda yuqori baholanib, shu tariqa Buxoro zardo‘zlik maktabi dovrug‘i yana-da oshmoqda.

Yig‘ilishda BPT raisi hisobot davridagi faoliyati bo‘yicha axboroti tinglanib, u ijobiy baholandi va quyi bo‘g‘in yetakchiligiga B.Jumayev qayta saylandi.

Yig‘ilish yakunida O‘zLiDePning dasturiy g‘oya va maqsadlari bilan tanishgan “Shuhrat” medali sohibasi Dilorom Ro‘ziyeva partiya safiga qabul qilinib, unga aʼzolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Shu kunga qadar Buxoro shahridagi 46 ta BPTda hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash joizki, shahardagi “Naqshband”, “Ko‘kaldosh”, “Buxoro dori-darmon” MCHJ singari tashkilot va muassasalar huzurida tashkil etilgan ko‘p sonli BPTlarda ham hisobot-saylov yig‘ilishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilib, ulardagi yetakchilar qayta saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    42
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+