Sevinch Zokirova Do‘stlikning eng “Yosh innovatsiyachi”si deb topildi

25.04.2018, 17:48

Sevinch Zokirova Do‘stlikning  eng “Yosh innovatsiyachi”si deb topildi

O‘zLiDePning “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining Do‘stlik tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchisi o‘zlarining yangi innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etdi.

Ta’kidlash kerak, mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad – innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targ‘ib qilishdan iboratdir.  

– Tanlovda havo bosimi orqali yer ostidan suv tortib olish bo‘yicha loyiham bilan qatnashdim, – deydi tanlovning 1-o‘rin sohibi, Do‘stlik qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sevinch Zokirova. – Shukrki, mehnatlarim zoye ketmadi. Loyiham hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholanib, 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Endi bildirilgan ishonchni oqlab, tanlovning viloyat bosqichiga tayyorgarlikni boshlayman.   

Tanlov yakuniga ko‘ra, Do‘stlik tibbiyot kolleji o‘quvchisi Shuhrat Abduvohidov 2, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Ozoda Mamatova esa faxrli 3- o‘ringa munosib deb topildi va tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

S.AVALBOYEV,

O‘zLiDeP

“Yoshlar qanoti” faoli

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умиров Диёр, Самарқнд вилояти O’zLiDeP Пастдарғом туман Кенгаши раиси2018-04-27 13:48:38

Ёш инновациячи кўрик танловининг мақсади чекка ҳудудлардаги иқтидорли ёшларни излаб топишдир.


Fikringizni qoldiring

+