O‘zLiDeP ko‘magida narpaylik Shokir Yusupov o‘z tomorqasida 2,4 sotixlik issiqxona tashkil etdi

16.05.2018, 15:45

O‘zLiDeP ko‘magida narpaylik Shokir Yusupov o‘z tomorqasida 2,4 sotixlik  issiqxona tashkil etdi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani azaldan ishbilarmon va tadbirkorlari bilan nom qozongan. Ayni chog‘da hududda birovdan yordam kutmay, ro‘zg‘orining kam-ko‘stini to‘ldirayotgan ishbilarmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Pastdarg‘omlik Mayram Sanaqulov ham 6 sotixlik tomorqasidan samarali foydalanib kelayotgan omilkorlardan biri. Hozir o‘z hovlisida kartoshka, pomidor, bodring, sarimsoqpiyoz yetishtiryotgan tadbirkor birinchi ekin hosilidan 5 yarim million so‘m daromad olishni rejalashtiryapti.

Eng chekka hududlarga kirib borayotgan “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyatini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi ko‘plab xonadon egalariga yaqindan ko‘mak bermoqda. Mazkur loyiha doirasida O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman kengashi faollari hamda tuman Pochta shu’basi qoshidagi BPT a’zolari Sanaqulovning xonadonida bo‘lib, unga tomorqadan unumli foydalanish uchun “O‘rikzor” MFYda yashovchi Alisher Jiyanovning tajribasini misol qilib ko‘rsatdi.

Partiya faollari ko‘magida 4 sotixlik yer maydonida issiqxona tashkil etgan tadbirkor allaqachon yerga urug‘ ekishga ham ulgurdi.

 “Istiqlol” – Narpay tumanidagi obod mahallalardan biri. Keyingi paytlarda hududda o‘z hovlisida issiqxona tashkil etib, oilasi farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan omilkorlar soni tobora ortib bormoqda. Ular, asosan, pomidor, bodring, sabzavot va ko‘kat yetishtiradi.

–Vodiylik mirishkor dehqonlarning yutuqlarini ko‘rib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida yurgan edim, – deydi shu hududda yashovchi Shokir Yusupov.– Yaqinda partiya faollari xonadonimizga kelib 2,4 sotixlik yer maydonida issiqxona tashkil etishga ko‘maklashdi. Endi kundalik ehtiyoj uchun zarur pomidor, bodring yoki boshqa rezavorlarni o‘z tomorqamizda yetishtiramiz. Bu ortiqcha harajatlarning oldini olib, oila budjetini tejash imkonini beradi.

Uchrashuvlar davomida shuningdek, yaqinda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan tadbirkorlarga limon yetishtiruvchi mutaxassislar tomonidan zarur ko‘rsatmalar berildi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умрбек Жаббаров ЎзЛиДеП Беруний туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-17 16:56:02

Томорқадан самарали фойдаланишда депутатлар кўмакдош бўлиши бу албатта мақсадга мувофиқдир


Мамажонов Дилшод Ўктам ўғли Жиззах шаҳар партия фаоли2018-05-17 14:42:07

Президентимиз фуқароларининг фаровонлигига қаратилган Фармон, Қарорлар чиқармоқдалар. биз ҳам юртбошимизга елкама-елка туриб ўз ватанпарварлик бурчимизни адо этайлик. Партиямиз фаолиятини ўз фаоллигимизни аямайлик.


Миробод тумани2018-05-17 14:40:18

Томорқадан унумли фойдаланиш оила даромадига қўшимча маблағ банбайи ҳисобланади, шундай экан томорқа соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар халқимиз учун имкониятлар тақдим этмоқда.


Мелибоева Маъмура Толиповна Жиззах шаҳар Кенгаши ижрочи котиби2018-05-17 14:38:02

Фуқароларимиз O'zLiDeP нинг кўмаги билан шахсиз томорқасидан қандай қилиб, кам харажат қилиб, кўпроқ фойда олиш кўникмаларини эгаллаб бормоқда


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-17 13:37:57

Томоркадан унумли фойдаланиш бу оилавий турмуш шароитини яхшилаш ва даромад манбаи хисобланади


Shamshod Jafarov2018-05-17 11:08:54

Tadbirkorlikka qaratilgan barcha qonun hujjatlari o'z natijasini berib boryatgani biz yoshlarni yanada oldinga shahdam qadamlar bilan harakatlanishimizga durtki bo'[lib kelmoqda.


Умидахон Тўраева2018-05-17 10:34:36

Партиямиз томонидан томорқасида тадбиркорлик фаолиятини бошлаганларга берилаётган амалий ёрдамлар натижасида бошланғич партия ташкилотларида ишчи ўрни яратилмоқда хамда аъзолар сони кўпаймоқда.Ўз томорқасида етиштирилган турли хил махсулотлар даромади оила бюджетига катта ёрдам булади


Аброр Отабоев2018-05-17 10:11:16

Партиямиз томонидан томорқасида тадбиркорлик фаолиятини бошлаганларга берилаётган амалий ёрдамлар натижасида тадбиркорлар сони ортиб халқимиз фаровонлиги ошмоқда


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-05-17 08:48:54

Томорқадан унумли фойдаланиш, аҳоли даромадларининг оширилишига хизмат қилади


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-05-16 22:45:31

Samarqandlik dehqonlarning ishlarida omad tilayman. O'zim Uchquduqda yashasam ham Samarqandda tug'ulib18 yil shu viloyatda yashadim.Samarqandliklar juda mehnatkash xalq. Dehqonlarni o'z tomorqalaridan yuqori daromad olishlarini tilayman.


Fikringizni qoldiring

+